Barcha yangiliklar RSS

Axborot xizmati

Xorazmda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Bugun Xorazm viloyati Transport boshqarmasining majlislar zalida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda sohaga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Trening davomida:
  • Kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus taqdimotlar namoyish etildi;
  • Firibgarlik tuzoqlaridan ogoh bo‘lishga chorlovchi qisqa videoroliklar havola qilindi;
  • Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

13-04-2026, 18:11
Ko'rishlar: 65
Sahifani chop etish