📢 Transport sohasidagi qarorlar ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi




Xorazm viloyati transport boshqarmasining bosh yuriskonsulti B.Kalandarov hamda “Xorazm yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasining bosh yuriskonsulti S.Ibragimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-59 sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 116-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati muassasa xodimlariga to‘liq tushuntirish yuzasidan seminar tashkil qilindi.Muntazam shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi hamda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshirilish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati va nazoratchilar vazifalariga alohida to‘xtalib batafsil yoritib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan bir qator fikr-mulohazalar bildirildi va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblar oldilar.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati

