Barcha yangiliklar RSS

Korrupsiyaga qarshi kurashish

Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir

     Bugun, Xorazm viloyati transport boshqarmasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hamda uning kelib chiqishini oldini olish to‘g‘risida yig'ilish bo'lib o'tdi.
           Yig'lishda boshqarmaning bosh yurist konsulti B.Qalandarov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan O'RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29- iyundagi PF-6013 sonli Farmoni hamda 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni va PQ-5177-sonli Qarori bilan tanishtirib ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning har birini alohida mazmun mohiyatini to'liq tushuntirib hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’kidlab o'tdi.
        Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan boshqarma tizimida chora tadbirlar dasturi belgilandi. 
        Mazkur hujjatlarda tizimda hushyorlikni oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, tamagirlikka chek qo'yish bu yuzadan targ'ibot va tashviqot ishlarini  olib borish to'g'risida fikrlar bayon qilinib tegishli chora tadbirlar  belgilanib olinganligini ta’kidlab o’tdi. 

        Yig'ilish davomida xodimlarga korrupsiya va  manfaatlar to'qnashuvi nima? degan savollarga batafsil tushuntirish berib o'tdi.        

2-05-2024, 15:55
Ko'rishlar: 111
Sahifani chop etish