Viloyat hokimi Joʼrabek Raximov aholiga transport xizmati koʼrsatishni yaxshilash boʼyicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Joriy yilda viloyatimizda 19 nafar tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan oʼz mablagʼlari va bank kreditlari hisobiga umumiy qiymati 3 mln АQSh dollariga teng boʼlgan 100 ta mikroavtobuslar xarid qilindi. Ularning 52 tasi Xitoyda ishlab chiqarilgan “JAC “, 4 tasi “FATON” va 44 tasi Rossiyada ishlab chiqarilgan “GАZEL-NEXT” rusumli mikroavtobuslardir. Natijada viloyatda 6 ta yangi yoʼnalishlarda jamoat transporti qatnovi yoʼlga qoʼyildi, ilgaridan mavjud yoʼnalishlarda qatnovlarning oraliq vaqti qisqarib, yoʼlovchilar uchun qulaylik yaratildi.
Kuni kecha viloyatimizga “ COMFORT AUTO HAMKOR” MChJ tomonidan umumiy qiymati 1 mln 104 ming АQSh dollariga teng boʼlgan 4 ta “YUTONG“ va 4 ta “ZHONGTONG” avtobuslari keltirildi. Mazkur avtobuslar Urganch-Toshkent-Urganch yoʼnalishida yoʼlovchilarga xizmat koʼrsatadi. Yoʼlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni mobilь ilova orqali xarid qilish va “Catering” xizmati ham yoʼlga qoʼyiladi.
29-10-2023, 12:06
Ko'rishlar: 78
Sahifani chop etish