Endilikda temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruhsat beriladi
➡️Temir yo'l vokzallariga tashrif buyuruvchilar endilikda soddalashtirilgan holda ya’ni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz vokzal hududiga kirishlari mumkin.
📄Yo'lovchilar platformasiga-perronga yo‘lovchi poyezd chiptalariga ega bo'lgan yo'lovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yo'lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o'tishlari mumkin.
❌Chiptalari yo‘q shaxslar, shuningdek, chiptada ko'rsatilgan ma'lumotlar yo'lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma'lumotlarga mos bo'lmagan fuqarolarning yo'lovchilar platformasi-perronga va yo'lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo'l qo'yilmaydi.