Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Urganch shahrida “АTTO” kartasi bilan bogʼliq xolat oqsamoqdami?” nomli sarlavha yuzasidan rasmiy munosabat.

Ushbu murojaat yuzasidan Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan murojaat yuzasidan o’rganish ishlari o’tkazildi. O’rganish jarayonida “OPEL-TRANS” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan 90 399 VAA davlat raqamiga ega bo‘lgan avtobusda ma’lum bir sabablarga ko‘ra elektron to‘lov tizimi nosoz holatda ekanligi aniqlandi. Holat yuzasidan boshqarma hodimlari tomonidan nosoz holatda bo’lmasligi yuzasidan haydovchiga tushuntirish berilib, mazkur avtobusning elektron to‘lov tizimi soz holatga keltirildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan jamoat transportlaridagi elektron to‘lov tizimida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini olish yuzasidan ishchi guruh shakillantirib nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

11-11-2023, 18:34
Ko'rishlar: 79
Sahifani chop etish