Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xorazm viloyati Transport boshqarmasiga murojaat: Urganchda avtobus haydovchilariga nisbatan shikoyatlar ko‘paymoqda” nomi bilan murojaatlar yuzasidan rasmiy munosabat.

Murojaatlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan choralar quyidagilardan iborat:
  • O'rganish va monitoring: Boshqarma mutasaddilari tomonidan yo'nalishlardagi avtobus haydovchilarining ish faoliyati va yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish madaniyati nazoratga olingan.
  • Profilaktik tushuntirishlar: Yo'lovchi tashish qoidalariga rioya qilmagan haydovchilar bilan maxsus uchrashuvlar o'tkazilib, harakat xavfsizligi va belgilangan oraliq masofaga (intervalga) amal qilish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
  • Intizomiy choralar: O'z xizmat vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan va yo'lovchilar bilan qo'pol munosabatda bo'lgan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy choralar ko'rilishi, hatto ularni yo'nalishdan chetlatish masalalari ko'rib chiqilmoqda.
  • Tizimni yangilash: Urganch shahrida jamoat transporti sifatini oshirish maqsadida yangi zamonaviy avtobuslar olib kelinib, yo'nalishlarga chiqarilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig'i T.Satimov hamda mas’ul xodimlari tomonidan “Bunyod yo‘lovchi tashish” MCHJ rahbari A.Matsapayev bilan birgalikda MCHJga tegishli bo‘lgan avtobuslarning haydovchilari bilan uchrashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan murojaatlar yuzasidan suhbatlashildi. Suhbatlashish davomida, haydovchilarga yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo’lishi, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda avtotransport vositasini boshqarish va harakat davomida uyali aloqa vositalaridan foydalanmaslik kerakligi tushuntirildi.
3-04-2026, 10:20
Ko'rishlar: 24
Sahifani chop etish