Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Urganch shaharida yangi avtobuslar xizmat koʻrsatishni boshladi

Avval xabar berganimizdek, Prezidentimizning PF-59-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi tashabbuslariga asosan “Bunyod yoʻlovchi tashish” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Urganch shahrida jamoat transporti xizmatini yaxshilash maqsadida Milliy bankning kredit mablagʻlari hisobidan, Xitoyning “Zhong Tong” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 50 ta zamonaviy avtobuslar viloyatimizga olib kelingan edi.

Xarid qilingan zamonaviy avtobuslar Urganch shahar ichidagi 6 ta avtobus yoʻnalishlariga joylashtirilib, bugun 4-dekabr kuni aholiga xizmat koʻrsatishni boshladi. 





Yoʻnalishlarda ishning boshlanishidan oldin Xorazm viloyati transport boshqarmasi va “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi masʼullari tomonidan avtobus haydovchilari va yoʻlovchilarning belgilangan harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari, avtobusdan foydalanish madaniyatiga eʼtiborli boʻlishlari, avtomatlashtirilgan toʻlov tizimidan foydalanishlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Maʼlumot uchun avtobuslar joylashtirilgan yoʻnalishlar:
3-sonli “Urganch xalqaro aeroporti-Urganch temir yo'l vokzali”
4-sonli “25-sonli maktab-Urganch dehqon bozori”
6-sonli “Xojiboylar mahallasi-Urganch tuman shifoxonasi”
7-sonli “Jambul mahallasi-Urganch shahar Tez yordam shifoxonasi”
18-sonli “Navroʻz shaharchasi-Urganch dehqon bozori”
28-sonli “Urganch dehqon bozori-Navroʻz shaharchasi”.
4-12-2024, 18:19
Ko'rishlar: 44
Sahifani chop etish