Viloyat bo'ylab profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda
Yangi yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta`minlash, yo‘l kira narxlarini sun’iy oshirish holatlarini oldini olish va hududlardagi barcha jamoat transportlarining bir maromda ishlashini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyat hududiy bo‘limi va Xorazm viloyati IIB JXX YHXB xodimlari bilan hamkorlikda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.
Targ’ibot tadbirlari davomida, yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona rahbarlari va haydovchilar bilan uchrashuv o’tkazilib, jamoat transportlari uzluksiz ish faoliyatlarini olib borishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Targ‘ibot tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
28-08-2024, 17:05
Ko'rishlar: 43
Sahifani chop etish