Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Inson qadri uchun

       
      Xorazm viloyati transport boshqarmasida Xorazm viloyat ma’muriy sudining sudyalari U.Xasanov hamda T.Yusupovlarning ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining odil sudlovni rivojlantirishga oid Farmon, Qarorlarning mazmun mohiyati va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning kelib chiqishini oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
 
 
           Yig‘ilishda kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarma boshlig‘i  T.Satimov   so‘zga chiqib kun tartibidagi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berib so‘zni Xorazm viloyat sudining sudyasi U.Xasanovga berdi.
Shundan so‘ng Xorazm viloyat ma’muriy sudining sudyasi U.Xasanov so‘zni davom ettirib mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida yangi bosqichga ko‘tarish, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasining kafolatlarini kuchaytirish shuningdek, aholining huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini takidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, sud-tergov amaliyoti inson huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar to‘liq ishga solinmaganligi, shuningdek, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning erkinlik va shaxsiy dahlsizlikka oid konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta’minlash choralarini kuchaytirish zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tezkor -qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 10-iyunda PF-89-son Farmonini aytish mumkinligini ta’kidlab ushbu Farmon mazmun mohiyatini to‘liq tushuntirib o‘tdi. 
Shundan so‘ng Xorazm viloyat ma’muriy sudining sudyasi T.Yusupov so‘zga chiqib korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning kelib chiqishini oldini olish to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.     
Jumladan jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda qonun hujjatlariga qa’tiy amal qilishlarini, aks holda qonun buzilish holatlari kelib chiqishini, bu esa o‘z navbatida javobgarlikga olib kelishi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib o‘tdilar.  
          O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-419-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29- iyundagi PF-6013 sonli Farmoni hamda 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni va PQ-5177-sonli Qarori bilan tanishtirib ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning har birini alohida mazmun mohiyatini to'liq tushuntirib hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’kidlab o'tdi.
25-07-2024, 11:05
Ko'rishlar: 132
Sahifani chop etish