Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

“Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzoq muddatdan beri ishlashi hamda havo kemalarining qo’nishi va uchishi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kapital qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqada.

Mazkur qurilish ishlariga “Xorazm yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan 98 ta maxsus texnikalar jalb qilingan. 

Urganch aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi kapital ta’mirdan so‘ng Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila oladi.




Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997-yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018-yilda amalga oshirilgan edi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Uzbekistan Airports tomonidan Urganch va Nukus shaharlari aeroportlari o‘rtasida avtobus qatnovi tashkil etildi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 55 501 45 55 raqami bilan bog‘lanishingiz mumkin.
22-07-2024, 14:39
Ko'rishlar: 77
Sahifani chop etish