Tender takliflarining haqqoniyligi oʼrganildi.
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan 2024-yil 27-iyun kuni elektron tarzda bo'lib o'tgan Yangiariq tumanidagi yoʼlovchi tashish yo‘nalishlarida ishlash huquqi uchun oʼtkazilgan ochiq tender natijalari boʼyicha tender g‘olibi deb topilgan korxonalarning tender takliflarini haqiqiyligi Xorazm viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan oʼrganildi.
O‘rganish davomida, Urganch - Chiqirchi (Yangiariq tumani), Bayot qishlog‘i (Yangiariq t) - Urganch va Yangiyer qishlog‘i (Yangiariq t) – Urganch yo‘nalishlari tender g‘olibi “Yangiariq trans” MCHJning avtotransport vositalarini, texnik va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish joylari bilan tanishdilar.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi
4-07-2024, 12:22
Ko'rishlar: 50
Sahifani chop etish