Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar tashkil etildi

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy sho’basi tomonidan 2024-yil 14-mart kuni Xorazm viloyati Transport boshqarmasi xodimlari uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida kiberxavfsizlik hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar, yangi qabul qilingan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatini yetkazish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarida boshqarma xodimlariga faoliyatida kiberxavfsizlik hamda axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. 



Shuningdek, mavzu bo‘yicha ish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan va o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
15-03-2024, 10:37
Ko'rishlar: 84
Sahifani chop etish