Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Ishonch gazetasining 2024-yil 27-fevral kuni 27-sonida chop etilgan “Urganch shahrida ham jamoat transporti xizmati yaxshilanadimi” sarlavhali maqola yuzasidan rasmiy munosabat.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.04.2022-yildagi 154- sonli qaroriga jamoat transporti uchun oraliq bekatlarini qurish belgilangan.
  Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan bekatlarni qurish joylari dislokatsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, oraliq bekatlarni tashkil qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
  Joriy yil yakunigacha Urganch shahar hududida jamoat transporti uchun yetarlicha oraliq bekatlar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.0.2023-yildagi PQ-59 sonli qaroriga muvofiq Urganch shahridagi jamoat transporti tarkibini yangilash maqsadida Xitoy xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 100 ta avtobus xarid qilish va qatnovlarni yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yangi xarid qilingan avtobuslar bilan “brutto-shartnoma” asosida qatnovlar tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: “brutto-shartnoma” asosida qatnovlarni tashkil qilishda “Bosib o‘tilgan yo‘l va sifat mezonlari” asosida haq to‘lanadi va avtobuslarni o‘z vaqtida harakatlanishi belgilangan joylarda to‘xtashlari va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi nazoratga olinadi.
Bundan tashqari, Urganch shahar jamoat transporti qatnovi tashkil etishni nazorat qilish maqsadida avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati tashkil qilindi va joriy yil aprel oyidan boshlab qatnovlarni onlayn nazorat qilish tizimi joriy qilinadi.
Urganch shahar jamoat transporti qatnovlari “brutto-shartnomasi” tartibida yo‘lga qo‘yilgandan keyin yo‘l kira haqini undirishda chipta bermagan yoki chipta xarid qilmagan holatlar bo‘yicha nazoratchilar guruhi tomonidan jarimalar qo‘llanishi yo‘lga qo‘yiladi.
Hozirda Urganch shahar jamoat transportida to‘liq elektron to‘lov tizimi joriy qilingan va bank plastik kartalari va maxsus transport kartalari orqali yo‘l haqini to‘lash imkoniyatlari yaratilgan.
Bundan tashqari, elektron to‘lovlardan foydalangan yo‘lovchilar uchun 30% chegirmalar ham yo‘lga qo‘yilgan.
Viloyat transport boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Urganch shahridagi xususiy tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan oraliq bekatlarning faoliyati doimiy ravishda ishlab turishi yuzasidan nazorat ishlari o‘rnatilgan.
  Urganch shahrida 26 ta xususiy tadbirkorlarga tegishli bekatlar mavjud bo‘lib, bugungi kunda barchasida oraliq bekat faoliyati bilan birgalikda WiFi, bankomat, isitish va sovitish moslamalari bilan jihozlanib bir qator qulayliklar yaratilganligini ma’lum qilamiz.
  
Xorazm viloyati transport boshqarmasi.
5-03-2024, 16:46
Ko'rishlar: 62
Sahifani chop etish