Uzbekistan airways xodimlariga!
Davlatimiz tomonidan milliy aviakompaniya faoliyatini izchil takomillashtirib borishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida bugun Uzbekistan airways jahon aviatashuvlar bozorida mustahkam o‘rin egalladi, parvozlar va yo‘lovchilar xavfsizligini talab darajasida ta’minlashga erishdi.
Xavfsizlik, barqarorlik, qulaylik va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish kompaniyaning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylandi.
Aziz, Uzbekistan airways jamoasini aviakompaniya tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan Transport vazirligi nomidan samimiy tabriklayman!
Sizga doimo ochiq osmon, tinchlik, baxt va farovonlik yor bo‘lsin!
I.Maxkamov,
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri