Transport nazorati inspektsiyasi avtomobillarni toʼxtatish huquqiga ega
Mazkur nizomning 3-bobiga asosan Inspeksiya va uning hududiy bo‘linmalari quyidagi huquqlar ega:
- avtotransport vositasida yuk va yo‘lovchilar tashish qoidalarining buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslamalar yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yo‘lovchi tashishni nazorat qilish bo‘yicha reyd tadbirlarida, statsionar va mobil postlarda tekshirish uchun to‘xtatish huquqi;
- statsionar va mobil postlarda reyd tadbirlari jarayonida tekshirish uchun transport vositasini to‘xtatishda maxsus chiroq-mayoqcha, ovoz kuchaytirgich moslama, qo‘l yoki jezl ishoralaridan foydalanishlari;
- to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan transport vositalarini kuzatish yoki ichki ishlar organlari xodimlariga xabar berish va ularga belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rish belgilangan.