Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Transport vazirligi huzuridagi Xorazm viloyati hududiy bo'limi inspektorlari tomonidan yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko’rsatish borasida hududlarda targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda.




Xususan, oʼquv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar manzillariga oʼz vaqtida yetib borishlarini ta'minlash maqsadida shaharlararo yo’nalishlarda va viloyat ichki yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtotransport haydovchilarga  targ’ibot tadbirlari o’tkazilib borilmoqda.

Targ’ibot tadbirlari davomida, aholini uzog‘ini yaqin qilishda ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo'l harakati qoidalariga to'liq rioya etilishini ta'minlash, belgilangan narx-navolarni sun'iy oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik va mavjud yo’nalishlardagi jamoat transportlarining bir maromda ishlashini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari o’tkazilmoqda.
3-01-2024, 16:19
Ko'rishlar: 48
Sahifani chop etish