Aholiga ko’rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda qish mavsumida transport vositalarini muntazam va uzluksiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati transport boshqarmasining mas’ul xodimlaridan iborat 7/24 xizmat ko'rsatuvchi shtab tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.
Hurmatli fuqarolar, siz jamoat transportlari yuzasidan fikr va takliflaringiz bo‘lsa boshqarmaning +998 62 229 30 37 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Ishonch telefoni aholidan kelib tushadigan murojaatlarni qabul qilish va tezkor choralar ko'rish uchun 24 soat davomida faoliyat ko'rsatadi.
14-12-2023, 11:24
Ko'rishlar: 60
Sahifani chop etish