Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Huquqiy targ'ibot

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Xorazm viloyati hududiy bo'limi inspektorlari va yoʼl harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda jamoat transportlarida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida  yoʼlovchi tashish faoliyati bilan shugʼullanuvchi haydovchilar uchun targʼibot ishlari olib borilmoqda.



Targʼibot ishlari doirasida, haydovchilarga kuz-qish oylarida kuzatiladigan noqulay ob-havo sharoitlarida yoʼl harakati qoidalariga toʼliq rioya etilishi, avtotransport vositalarning yoʼnalishlarga chiqmasdan oldin texnik sozligini tekshirish va yoʼlovchilar xavfsizligini taʼminlagan holda harakatlanish lozimligi tushuntirildi.
24-11-2023, 17:14
Ko'rishlar: 58
Sahifani chop etish