Barcha yangiliklar RSS

O'zbekiston yangiliklari

Yo‘llar holati o‘rganilmoqda

Bugungi kunda aholi sonining o'sishi natijasida jamoat transportiga bo'lgan talab va ehtiyoj yil sayin oshib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, madaniyatini yuksaltirish, uni bugungi davr va sharoitga moslashtirishni taqozo etmoqda.


O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi transportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i M.Ikromov va Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig'i R.Babayev tomonidan viloyatimizdagi mahallarda jamoat transportlar qatnovlari  ta’minlanganlik darajasi va ichki yo‘llar holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlardan ko’zlangan maqsad, avtomobil yo'llari holatini yaxshilash va to'xtab qolgan jamoat transporti  qatnovlarini qatnovlarini tiklashdan iborat.

Ushbu o‘rganish natijasi asosida yo’llarni ta’mirlash bo‘yicha 2024-yil reja dasturlariga kiritish ta’minlanadi.
25-11-2023, 16:48
Ko'rishlar: 50
Sahifani chop etish