Yo‘lovchi poyezdlar chipta narxiga o`zgartirishlar kiritilmoqda
2019-2022 yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida Respublikamizda ish haqi miqdori 2.4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi, shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shu munosabat bilan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Yo‘lovchi tashish xo‘jaligidagi yo‘lovchi chiptalarni 2023-yilning 20-oktabr sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100%ga oshirilishini ma'lum qiladi.