Xorazmda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi: Talabalar transport tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
Tadbirda Viloyat transport boshqarmasi boshlig'i TMSatimov hamda Urganch transport prokurori EBMardanov ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqot qildilar. Uchrashuv davomida yoshlarga boshqarma faoliyatining o'ziga xos jihatlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma'lumot berildi. Bundan tashqari tadbir davomida faol ishtiroki hamda ta'lim jarayonida namunaviy xulqi atvori, o'zini intiluvchanligi bilan ajralib turgan bir nechta talabalarga badiiy kitoblar sovg'a qilindi.
Shuningdek, talabalar boshqarmadagi dispetcherlik nazorati markazi ish jarayoni bilan tanishib, transport harakatini onlayn kuzatish tizimini ko'zdan kechirdilar. Amaliy tanishuvning davomi sifatida “Bunyod yo'lovchi tashish” MCHJ ga tashrif buyurilib, korxonada yo'lovchi tashish xizmatini tashkil etish va nazorat qilish tartibi yoshlarga amaliy tarzda ko'rsatib berildi.
Bu kabi uchrashuvlar kelajakda soha mutaxassisi bo'lib yetishayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lashda muhim ko'prik bo'lib xizmat qiladi.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati










