Barcha yangiliklar RSS

Foydali maqolalar

⚖️ Қонун устуворлиги – бош мезон!

Xorazm viloyat ma’muriy sudi sudyasi T.Ibragimov tomonidan Xorazm viloyati transport boshqarmasida “O‘zbekiston - 2030” Strategiyasida belgilangan sudlar faoliyatiga oid vazifalarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish yuzasidan davra subati o‘tkazildi.
 
Davra suhbatida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11.09.2023-yilda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida PF-158-sonli Farmoni qabul qilinganligini, mazkur strategiyada quyidagi 5 ta asosiy g‘oyalar, ya’ni;
1) Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
2) Aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
3) Aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
4) Xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
5) Mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash g‘oyalar aks ettirilganligini, shuningdek, strategiyada qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar, ya’ni ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirish, sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan ko‘rilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta’minlashga erishish, jahon odil sudlov loyihasining huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha 0,64 ballni to‘plashga erishish, yagona elektron reestr yaratish orqali jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilguniga qadar bo‘lgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini joriy qilish, 100 foiz jinoyat ishlari va materiallarning elektron shakldagi nusxasini yuritish va ushbu ishlar bo‘yicha elektron hujjat almashinuvini ta’minlash nazarda tutilganligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan bir qator fikr-mulohazalar bildirildi va savollariga yetarlicha javoblar oldilar.
Вчера, 17:13
Ko'rishlar: 38
Sahifani chop etish