Barcha yangiliklar RSS

Foydali maqolalar

#Bilasizmi


#Bilasizmi                                                                                                                                  (http://lex.uz//uz/docs/-7459068) Vazirlar mahkamasining 200-sonli qarori.
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona tanish belgilari bilan jihozlangan avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida yo‘lovchilarni tushirish-chiqarishga (yuklarni ortish-tushirishga) ruxsat etiladi.Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona tanish belgilari bilan jihozlangan avtotransport vositalariga:
yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish huquqi beriladi.
Mazkur band ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, yo‘lovchilarni buyurtma asosida tashishda foydalaniladigan hamda litsenziya varaqasiga ega bo‘lmagan yengil avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 Bu qarorning bandlari 6-7-bandlari quyidagilardan iborat.
6. Yo‘nalishsiz taksilarni tashqi ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
avtotransport vositasining tepasiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq o‘rnatiladigan “TAXI” tanish belgisini o‘rnatish;
yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, shuningdek, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq yo‘nalishsiz taksilarning old va orqa eshiklariga chiziladigan qora kvadratlar hamda kompozitsiya tushirilganligi (yopishtirilganligi).
7. Yuridik shaxs nomi, manzili, o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchi yoki haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, fotosurati, faoliyat hududi, telefon raqami, avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, ishlab chiqarilgan yili hamda litsenziya varaqasi haqidagi (raqami va amal qilish muddati) ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi taksi pasporti yo‘nalishsiz taksilarni ichki ma’lumotlar bilan jihozlash belgilari hisoblanadi.
Taksi pasporti avtotransport vositasi ichida yo‘lovchilar bemalol o‘qiy oladigan holatda o‘rnatiladi.
Taksi pasporti o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga litsenziya varaqasi bilan birga bepul beriladi.


30-05-2025, 18:11
Ko'rishlar: 49
Sahifani chop etish