Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tenderlar

DIQQAT TENDER

Xorazm viloyati hududidagi quyidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun elektron tarzda ochiq tender tanlovi o‘tkaziladi.

Tender Transport vazirligi Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2026-yil 25-mart kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.

❗️Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi. Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 24-mart kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
25-02-2026, 14:24
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish