Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma yangiliklari

Jamoat transportlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash dolzarb vazifadir

Joriy yilning 17- oktyabr kuni Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig’i R.Babayev  va Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi JXX YHXB boshlig’i o’rinbosari polkovnik U.Ro‘zmetov boshchiligida viloyatdagi jamoat transporti faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida, jamoat transporti haydovchilari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, jamoat transportlarida belgilangandan ortiqcha odam ortish holatlari va belgilangan yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanish yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida belgilangan bosimdan ortiqcha gaz quyish holatlarini oldini olish, haydovchilarga avtotransportda texnik soz holatda boshqarish lozimligi kunlik tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan tushuntirishlar berilib borilishi lozimligi belgilandi.
17-10-2023, 12:04
Ko'rishlar: 109
Sahifani chop etish