Barcha yangiliklar RSS

Axborot xizmati

⚡️ Urganchda bo‘lgusi haydovchilar bilan ochiq muloqot tarzida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi

Urganch tumanidagi “Transkasb xunar” MCHJ avtomaktabida tahsil olayotgan yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda transport sohasi rahbarlari:
  • J.Q. Nazirov — Xorazm viloyati transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi
  • M.M. Anyozov — Transport nazorati inspeksiyasi viloyat hududiy boʻlimi boshligʻi yoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qildilar.
Asosiy e'tibor qaratilgan mavzular:
  • Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi va haydovchilik madaniyati.
  • Transport sohasidagi yangi qonun talablari va litsenziya tartiblari.
  • Sifatli ta'lim olish va yo‘llarda mas’uliyatni his qilish.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq javoblar oldilar.
📌 Bizni kuzatib boring!

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
23-07-2026, 15:35
Ko'rishlar: 18
Sahifani chop etish