Xorazm viloyati transport boshqarmasi mas’uli avtomaktab talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
![]() | ![]() |
Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida transport madaniyatini yuksaltirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sohadagi islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri sifatida, Xorazm viloyati transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i J.Nazirov “Ravon avtohavaskorlar” avtomaktabida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq muloqot va samimiy ruhda tashkil etilgan ushbu tadbirda bo‘lajak haydovchilar, soha mutaxassislari hamda yoshlar vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga bugungi kunda mamlakatimiz transport tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yo‘lovchi tashish sohasidagi so‘nggi qonunchilik talablari hamda haydovchilarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tizim mas’uli J.Nazirov o‘z so‘zida yo‘llarda harakatlanish madaniyatini oshirish va har bir ishtirokchining mas’uliyatini his qilishi eng asosiy omil ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
![]() |
Tadbir davomida quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
- Yo‘l harakati xavfsizligi: Yo‘llarda baxtsiz hodisalarning oldini olish va madaniyatli haydovchi ko‘nikmalarini shakllantirish.
- Qonunchilik ijrosi: Transport sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi.
- Malaka oshirish: Yosh haydovchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirib borish.
![]() | ![]() |
Muloqot yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar hamda tizimda uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan boshqarma mas’uliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar. Bu kabi tadbirlar kelgusida yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va professional xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati






