📢 Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
![]() | ![]() |
Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i T.Satimov bo‘lajak harbiy-texnik mutaxassislar bilan uchrashdi
![]() |
Tadbir yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni transport sohasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakdagi kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
![]() | ![]() |
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda viloyatda transport hamda logistika tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida so‘z bordi. Shuningdek, yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi qonunchilik talablari va sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
![]() | ![]() |
Muloqot davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalari bilan faol qatnashdilar. Boshqarma boshlig‘i har bir murojaatga atroflicha javob berib, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Tadbir yakunida o‘g‘lonlarga kelgusi harbiy va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Tadbir yakunida o‘g‘lonlarga kelgusi harbiy va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati








