“Xorazm Trolleybus Saroyi” DMda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

Xorazm viloyati transport boshqarmasi “Xorazm yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi direktori oʻrinbosari Zaripov Bekzod boshchiligida “Xorazm Trolleybus Saroyi” Davlat muassasasida faoliyat yuritayotgan ishchi-yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

“Rahbar va yoshlar” muloqoti doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir ochiq muloqot va savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda korxonada mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarning bugungi kundagi faoliyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar va transport sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan rahbariyatga yuzlanib, ish jarayonini raqamlashtirish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va professional ko‘nikmalarni rivojlantirish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

Tadbir yakunida rahbar tomonidan yoshlarning har bir murojaati atroflicha tinglanib, bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etish va ko‘tarilgan masalalarni qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bu kabi uchrashuvlar tizimda faoliyat yuritayotgan yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning professional o‘sishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

