🤝 Amaliyot yakunlari: Boshqarma boshlig‘i texnikum talabalari bilan uchrashdi
![]() | ![]() | ![]() |
Xorazm viloyati transport boshqarmasida “Xorazm ilg‘or va kasbiy mahorat texnikumi” talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur talabalar boshqarmada o‘z ishlab chiqarish amaliyotlarini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i yoshlarning amaliy ko‘nikmalari va soha haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Talabalar o‘zlari guvohi bo‘lgan ish jarayonlari bo‘yicha fikr va takliflarini bildirishdi.
![]() | ![]() | ![]() |
Boshqarma boshlig‘i bo‘lajak mutaxassislarga sohaga oid muhim tavsiyalar berib, kelajakda transport tizimini rivojlantiradigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi. Faol talabalar alohida e’tirof etildi.
Yoshlarning bilim va salohiyati — transport sohasi kelajagining poydevoridir!
📢 Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati







