Barcha yangiliklar RSS

Axborot xizmati

✅ Urganch avtoshohbekatida maxsus-taktik o'quv mashqi muvaffaqiyatli o'tkazildi!

 
⚫️Bugun “Urganch avtoshoxbekati” MChJ hududida yo'lovchi transportida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishga bag'ishlangan keng ko'lamli o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi. 

⭐️ Mashq shartiga ko'ra, “Urganch-Nukus” yo'nalishidagi yo'lovchi transportida yong'in sodir bo'ldi. Tezkor xizmatlar tomonidan yong'in zudlik bilan bartaraf etildi, yo'lovchilar va ishchi-xodimlar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Shuningdek, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilib, tovar va moddiy boyliklar xavfsiz joyga olib chiqildi. 

Mashg'ulotda jami 47 nafar ishtirokchi va kuzatuvchi qatnashdi hamda tibbiyot, elektr va gaz tarmoqlari xizmatlarining 11 ta maxsus texnikasi jalb qilindi. 2 soat davom etgan mashq davomida barcha xizmatlar o'z vazifalarini tezkorlik bilan bajardi. Yakuniy baholashga ko'ra, Xorazm viloyati Transport boshqarmasi hamda “Urganch avtoshoxbekat” MChJning ishchi-xizmatchilari tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga “TAYYOR” deb topildi. 

🛡 Yo'lovchilar xavfsizligi - doimo birinchi o'rinda 

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
30-04-2026, 15:58
Ko'rishlar: 29
Sahifani chop etish