
Xiva shahrining “Buyuk yo‘l” shoh ko‘chasida yuk avtomobili tomonidan elektr simlariga zarar yetkazilishi oqibatida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi.
Shu sababli Xiva-Urganch-Xiva trolleybus yoʻnalishi bo‘yicha harakatlanayotgan trolleybus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi.
Hozirda yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilarimizdan uzr so‘raymiz.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi
Вчера, 18:50
Ko'rishlar: 22
Sahifani chop etish
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг
Powered by GSpeech