Yo'lovchilar diqqatiga!
Qo‘shko‘pir tumaniningning Shixmashxad mahallasida yuk avtomobili tomonidan elektr simlariga zarar yetkazilishi oqibatida elektr ta'minotida uzilishlar yuzaga keldi.
Shu sababli "Xiva-Urganch-Xiva" trolleybus yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan trolleybus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi.
Hozirda yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilarimizdan uzr so‘raymiz.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
Вчера, 16:16
Sahifaga qaytish