XORAZM TRANSPORT SOHASI YOSHLARI BILAN OCHIQ MULOQOT

XORAZM TRANSPORT SOHASI YOSHLARI BILAN OCHIQ MULOQOT

Xorazm viloyati transport tizimini rivojlantirishda yosh mutaxassislarning o‘rni qanday? Bugun ushbu savolga javob topish maqsadida soha yoshlari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi.🤝 Uchrashuvda ishtirok etdilar:
• Viloyat transport boshqarmasi yoshlari;
• Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi yoshlari;
• Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyat hududiy bo‘limining ishchi-yoshlari;
• Trolleybus boshqarmasining ishchi-yoshlari.

🎯 Tadbirning asosiy e'tibori:
✅ Rahbariyat va yoshlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish;
✅ Ish jarayonidagi muammolar va to‘siqlarni ochiq muhokama qilish;
✅ Transport tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi g‘oyalarni tinglash.

🚀 Faol yoshlar munosib rag‘batlantirilib, ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.

📍 Kelajak transporti – yoshlar nigohida!

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
26-03-2026, 19:32
Sahifaga qaytish