Korrupsiyaga qarshi kurashish va mehnat intizomi masalalari muhokama qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va mehnat intizomi masalalari muhokama qilindi

Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limida xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, mehnat intizomini mustahkamlash hamda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilish Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Kalandarov hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i M. Aniyozov hamkorligida tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylik va shaffoflikni ta'minlash, mehnat intizomiga qat'iy rioya qilish hamda davlat xizmatchilarining kasbiy etikasi va odob-axloq me'yorlariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xizmat vakolatlaridan to‘g‘ri foydalanish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalalik va mas'uliyat tamoyillariga amal qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tadbir davomida xodimlarga korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomini mustahkamlash va o‘z xizmat vazifalariga vijdonan yondashish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish yakunida barcha xodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalarni halol, mas'uliyat bilan va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq bajarish muhimligi ta'kidlandi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
18-11-2026, 22:21
Sahifaga qaytish