“Urganch–Xiva–Urganch” yo‘nalishidagi trolleybuslar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.“Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasiga qarashli yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, tayanch ustunlari hamda transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 19-iyun kunidan boshlab 15 kalendar kun davomida “Urganch–Xiva–Urganch” yo‘nalishida trolleybuslar harakati vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.Ma’lumot uchun: mazkur ta’mirlash ishlari elektr ta’minoti tizimining xavfsiz, ishonchli va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Hurmatli yo‘lovchilar, yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlaringizni oldindan rejalashtirishingizni so‘raymiz.
“Xorazm trolleybus saroyi” davlat muassasasi ma’muriyati.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmat