🚎 Xorazm viloyati transport boshqarmasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

🚎 Xorazm viloyati transport boshqarmasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Boshqarma boshlig‘i T.Satimov rahbarligida hamda boshqarma mas’ul xodimlari ishtirokida boshqarmaning majlislar zalida "Xorazm trolleybus saroyi" davlat muassasasi ishchi-xodimlari va haydovchilari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy mavzulari:

🔹 Xizmat sifati: Yo‘lovchilarga madaniyatli xizmat ko‘rsatish va trolleybuslar harakati jadvaliga qat’iy rioya qilish.
🔹 Texnik xavfsizlik: Yo‘nalishga chiqishdan oldin texnika holatini sinchkovlik bilan tekshirish va yo‘l harakati qoidalariga amal qilish.
🔹 Ishchi muhit: DM faoliyatidagi joriy masalalar tahlil qilinib, xodimlarning ish unumdorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Seminar yakunida haydovchi va xodimlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

📍 Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati
7-04-2026, 19:13
Sahifaga qaytish