Viloyatda transport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Viloyatda transport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Xorazm viloyat hokimi o‘rinbosari S.Bekchanov raisligida joriy yilning 7-oktyabr kuni Xorazm transport boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazilib, Xorazm viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajarib kelayotgan T.Satimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga bugungi kunda Transport vazirligining Jamoat transporti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan R.Babaevni tayinlanganligi e’lon qildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida S.Bekchanov viloyatda transport sohasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga bir qator tegishli ko‘rsatma va vazifalar berdi.
Ma’lumot uchun: Xorazm viloyat IIB YXHB, viloyat muntazam yo‘llardan foydalanish boshqarmasi, Urganch xalqaro aeroporti, Urganch temir yo‘l vokzali, hamda transport sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi  rahbarlari ishtirok etdi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
7-10-2026, 19:31
Sahifaga qaytish