![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda transport sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Talabalar bilan oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshligʻi T.M.Satimov hamda boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
![]() | ![]() |
Uchrashuv davomida viloyatda transport tizimini rivojlantirish, jamoat transporti yoʻnalishlarini optimallashtirish va yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalarning oʻqishga qatnashlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga ham alohida toʻxtalib oʻtildi.
Samimiy va ochiq ruhda oʻtgan muloqotda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, transport yoʻnalishlari va bekatlar holatini yaxshilash boʻyicha oʻz taklif hamda mulohazalarini bildirishdi. Boshqarma boshligʻi T.M.Satimov yoshlarning har bir murojaatini tinglab, koʻtarilgan masalalarni qonuniy doirada hal etish choralarini koʻrishini va talabalarning kreativ gʻoyalari har doim qoʻllab-quvvatlanishini ta’kidladi.
Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlar transport tizimidagi muammolarni bartaraf etishda va yoshlarning sohaga oid bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati





