Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlog'i TMSatimov “Xorazm ilg'or va kasbiy mahorat texnikumi” talabalari bilan uchrashib, boshqarma faoliyati va transport tizimidagi islohotlar haqida batafsil ma'lumot berdi
![]() | ![]() |
Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashlari, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu maqsadda, Xorazm viloyati transport boshqarmasida “Xorazm ilg'or va kasbiy mahorat texnikumi” talabalari uchun amaliy o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.
![]() | ![]() |
Tadbir davomida boshqarma boshlog'i TMSatimov talabalarga viloyat transport tizimining bugungi holati, yo'lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi istiqbolli rejalar haqida so'zlab berdi.
Amaliyot jarayonida talabalarga quyidagi yo'nalishlar bo'yicha tushunchalar berildi:
- Boshqarmaning tarkibiy tuzilishi va asosiy vazifalari;
- Litsenziya berish va transport vositalari monitoringi jarayonlari;
- Yo'nalishlarda harakat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha nazorat tadbirlarini tashkil etish;
- Sohaga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Muloqot davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar. Boshqarma rahbari yoshlarga murojaat qilar ekan, transport sohasi iqtisodiyotning qon tomiri ekanligini, bu sohada yetuk mutaxassis bo'lish uchun doimiy o'qish va yangiliklarga intilish lozimligini ta'kidladi.
Bu kabi amaliy mashg'ulotlar kelajakda soha uchun bilimli va tajribali kadrlarni tayyorlashda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati



