Soha xodimlari bilan bevosita muloqot

Soha xodimlari bilan bevosita muloqot


Bugun Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i T.Satimov "Bunyod Yo‘lovchi Tashish" MCHJ binosida haydovchilar va ishchi-xizmatchilar uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida:
✅ Yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash;
✅ Haydovchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish;
✅ Sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yo‘nalishlardagi muammolar, haydovchilarning takliflari va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

🤝 Xalq bilan muloqot davom etadi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Matbuot xizmati
Вчера, 19:33
Sahifaga qaytish