Hurmatli foydalanuvchilar!

Hurmatli foydalanuvchilar!

UZCARDdan yangi aksiya boshlanganini e’lon qilishdan xursandmiz.

Aksiya 2023 yil 1 oktyabrdan mamlakatning beshta shahri – Samarqand, Andijon, Qarshi, Urganch va Xiva aholisi uchun boshlanadi. 

Endilikda 5614**** NFC texnologiyasi mavjud yangi namunadagi UZCARD kartasi bilan ATTO validatorlari orqali avtobuslarda yoʻl haqini toʻlashda siz 500 soʻm chegirma olasiz.
Agar siz hali ham NFC-lik UZCARD karta egasi boʻlmasangiz, siz Uzcard Pay mobil toʻlov ilovasida 8600**** kartangizni yuklab, Android smartfoningiz bilan yoʻl haqini osongina toʻlashingiz mumkin. 

UZCARD bilan 2023 yil 31 dekabrgacha har bir safardan tejab qolish imkonini qoʻldan boy bermang!
1-10-2023, 11:47
Sahifaga qaytish