Yo'lovchilar diqqatiga!

Yo'lovchilar diqqatiga!

Oldin berilgan rasmiy axborotga muvofiq ma’lum sabablarga ko‘ra "Xiva-Urganch-Xiva" trolleybus yoʻnalishi bo‘yicha trolleybus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan texnik nosozliklar to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qilamiz. Shunga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi trolleybus qatnovlari belgilangan jadval asosida o‘z faoliyatini qayta tikladi.

Yo‘lovchilarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda bildirilgan sabr-toqat va tushunish uchun minnatdorchilik izhor etamiz.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi
Вчера, 14:43
Sahifaga qaytish