![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
"SHOVOT TRANS" MCHJ tomonidan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan zamonaviy avtobusning ishga tushirilishi hududda inklyuziv transport rivojlanayotganidan dalolat beradi.
"SHOVOT TRANS" MCHJ tomonidan yo‘nalishga qo‘yilgan bu Isuzu HC 45 rusumli avtobusi zamonaviy talablarga mos kelishi bilan birga, harakatlanish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun ham qulayliklar yaratadi.
SHAY-277 (Soxibkor – Urganch) yo‘nalishida bunday qulaylikning yaratilishi nafaqat nogironligi bor shaxslar, balki keksalar va yosh bolali ota-onalar uchun ham harakatlanishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Endi yurtdoshlarimiz manzillariga yanada qulay va xavfsiz yetib olishadi. Shovot tumanida transport tizimi rivojlanishda davom etmoqda!




