Urganch shahridagi “Guliston” avtomaktabida talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Urganch shahridagi “Guliston” avtomaktabida talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

URGANCH — Bugun Urganch shahridagi “Guliston” avtomaktabida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida transport va yoʻl xoʻjaligi sohasi masʼullari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Unda viloyat transport tizimi hamda sohaga oid nazorat inspeksiyalarining rahbar va mutaxassislari qatnashdilar.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — boʻlajak haydovchilarni transport va yoʻl harakati xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda masʼul idoralar faoliyati haqida batafsil maʼlumot berishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqan har bir masʼul xodim oʻz yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va yoshlar bilishi lozim boʻlgan muhim jihatlarga toʻxtalib oʻtdi:
Ochiq muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, xususan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, jamoat transporti qatnovini yaxshilash va yoʻl belgilari oʻrnatilishi yuzasidan oʻz fikr hamda takliflarini bildirdilar. Yoshlar tomonidan oʻrtaga tashlangan barcha savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va asosli javoblar qaytarildi.
Tadbir yakunida boʻlajak haydovchilarga yoʻllarda hamisha hushyor va masʼuliyatli boʻlish, qoidalarga qatʼiy amal qilish lozimligi yana bir bor eslatib oʻtildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
27-08-2026, 12:00
Sahifaga qaytish