📢 Urganchda transport sohasi masʼullari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

📢 Urganchda transport sohasi masʼullari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi

Xonqa tumanidagi “Qadam Ota avto ustoz” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi. Unda muassasaning ishchi-xizmatchilari hamda ta’lim olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Xorazm viloyati transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari R. Sabirov hamda Transport nazorati inspeksiyasi Suv transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy boʻlimi bosh inspektori D. Roʻzmetov qatnashib, sohadagi yangiliklar yuzasidan maʼlumot berdi.
Muloqot davomida transport sohasidagi soʻnggi oʻzgarishlar, tegishli qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilish hamda harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilish borasida atroflicha soʻz yuritildi. Shuningdek, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil huquqiy va sohaga oid tushuntirishlar berildi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
20-08-2026, 16:48
Sahifaga qaytish