Xorazmda transport sohasi mas’ullari harbiy-texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi

Xorazmda transport sohasi mas’ullari harbiy-texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi

Xorazmda transport sohasi mas’ullari harbiy-texnik yo‘nalishda tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi
Xorazm viloyati transport boshqarmasi hamda Transport nazorati inspeksiyasi hududiy boʻlimi rahbariyati ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
Urganch shahridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassislari boʻyicha tayyorlash” markazida o‘tkazilgan ushbu davra suhbati yoshlarning huquqiy va kasbiy bilimlarini oshirishga qaratildi.
Tadbirda Xorazm viloyati transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi Nazirov Jaxongir Quvondiqovich hamda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Qoʻchqarov Fahriddin Polvonnazirovich ishtirok etib, talaba yoshlar bilan bevosita muloqot qildilar.
Tadbir kun tartibidagi asosiy masalalar
Ochiq muloqot davomida soha mutaxassislari tomonidan bugungi kunda transport tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, sohaga oid qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar va yangi joriy etilayotgan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ayniqsa, harbiy-technika yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislar uchun avtomobil transportida yo‘lovchi va yuk tashish xavfsizligini ta’minlash, transport vositalarini texnik soz holatda saqlash hamda yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya etish qoidalari hayotiy misollar orqali tushuntirib o‘tildi.
Yoshlar bilan qizg‘in muloqot
Uchrashuv yakunida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, xususan, kelgusida transport sohasida ishga joylashish imkoniyatlari, haydovchilik faoliyatini huquqiy tartibga solish va litsenziya olish tartiblari bo‘yicha mutaxassislarga murojaat qildilar. Barcha savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha va asoslantirilgan javoblar taqdim etildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarning kelajakda professional mutaxassis bo‘lib yetishishlarida va transport sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
13-08-2026, 10:36
Sahifaga qaytish