![]() | ![]() |
Bugun, 7-iyul kuni Xorazm viloyati Bogʻot tumani “Yangi qadam” mahallasida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Unda boshqarma boshligʻi T.Satimov ishtirok etib, hudud aholisining muammo va murojaatlarini tingladi.
![]() | ![]() |
Fuqaroning murojaati masʼullar va joydagi tadbirkorlar ishtirokida tezkorlik bilan koʻrib chiqildi. Bogʻot tumanida faoliyat yuritayotgan “Toʻrazoda Botirbek” masʼuliyati cheklangan jamiyati (MChJ) tashabbus koʻrsatib, ushbu xayrli ishga homiylik qildi. Tadbirkor tomonidan fuqaro O.Ruslonning iltimosi toʻliq qondirilib, unga yangi va sifatli akkumulyator olib berildi.
![]() | ![]() | ![]() |
Murojaati qisqa fursatda ijobiy yechim topganidan mamnun boʻlgan fuqaro koʻrsatilgan gʻamxoʻrlik va eʼtibor uchun boshqarma boshligʻiga hamda saxovatpesha tadbirkorga oʻz minnatdorchiligini bildirib, duo qildi.
Aholi muammolarini joyida hal etishga qaratilgan bunday sayyor qabullar hududlar boʻylab davom etmoqda.
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati
Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati






