![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |
Bugun Xorazm viloyati transport boshqarmasida "Xorazm ilg‘or va kasbiy mahorat texnikumi" talabalari uchun amaliy ekskursiya tashkil etildi.
Tadbir davomida bo‘lajak mutaxassislar:
✅ Viloyatdagi transport tizimini boshqarish va muvofiqlashtirish jarayonlari;
✅ Yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish borasidagi islohotlar;
✅ Sohaga tatbiq etilayotgan yangi raqamli texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan batafsil javob olib, amaliy ko‘nikmalarini boyitdilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlarni kasbga tayyorlash va ularda soha bo‘yicha aniq tasavvurlar shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
📍 Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati








